Menyu
Texnikum haqida

Tarix, missiya va qadriyatlar

FADIL Xalqaro Zamonaviy Kasblar va Tibbiyot Texnikumi — bu Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi, zamonaviy tibbiyot yo'nalishlarida ta'lim beradigan ta'lim muassasalaridan biridir. Texnikum turli sog'liqni saqlash sohalarida professional kadrlar tayyorlashga qaratilgan bo'lib, ta'lim jarayonida innovatsion metod va texnologiyalardan foydalaniladi.

Missiyamiz

Eng oliy maqsadimiz — inson umrini uzaytirishdir!

Qisqacha ma'lumot

Rasmiy nomi

FADIL Xalqaro Zamonaviy Kasblar va Tibbiyot Texnikumi

Litsenziya

2022-yil 16-sentabr — Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi

Manzil

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko'chasi, 28-uy

Texnikum litsenziyasi

Texnikum litsenziyasi

Texnikum tarixi

FADIL Xalqaro Zamonaviy Kasblar va Tibbiyot Texnikumimizga 2022-yil 16-sentabrda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan litsenziya taqdim qilindi va ushbu hujjatga asoslanib texnikum tashkil etildi. Bizning tibbiyot texnikumimiz yaratilganda quyidagi yo'nalishlar mavjud: Hamshiralik ishi, Farmatsiya, Feldsher-akusherlik ishi, Feldsher-laborantlik ishi, Patronaj amaliyotchi hamshira yo'nalishlari bo'yicha jami 768 nafar talaba tahsil olmoqda.

Texnikumda 95 nafar malakali o'qituvchi-pedagoglarimiz faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shundan 10 nafar falsafa hamda tibbiyot fanlari nomzodi, 8 nafar bosh o'qituvchi, 5 nafar yetakchi o'qituvchi va 18 nafar katta o'qituvchilar dars berib kelmoqdalar. Darslar yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion texnik vositalar yordamida tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.

Tibbiyot texnikumimizda nazariy va amaliy dars xonalari mavjud bo'lib, amaliy xonalar yangi innovatsion tibbiyot jihozlari va mulyajlar bilan ta'minlangan. Nazariy dars xonalari elektron doskalar bilan jihozlangan bo'lib, interaktiv doskalar yordamida inson tana a'zolarining tuzilishini 3D modellarida ko'rib o'rganish imkoni yaratilgan.

Ta'lim va innovatsiya

  • Texnikumda ta'lim jarayoni zamonaviy pedagogik va interaktiv usullar asosida tashkil etiladi. Darslarda yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv sensor doskalar va elektron o'quv resurslaridan foydalaniladi.
  • Birinchi kursdan boshlab talabalar klinik markazlar, shifoxonalar va sog'liqni saqlash muassasalarida amaliy mashg'ulotlarga jalb qilinadi — bu nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash imkonini beradi.

Qadriyatlar

1. Inson salomatligini birinchi o'ringa qo'yish

Texnikumning asosiy maqsadi — inson umrini uzaytirish va salomatlikni muhofaza qilishga hissa qo'shadigan malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashdir.

2. Zamonaviy ta'lim yondashuvi

Ta'lim jarayoni innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv vositalar va amaliy tajriba bilan birlashtiriladi — nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko'nikmalar ham tizimli tarzda beriladi.

3. Amaliyot orqali bilim mustahkamlash

Talabalar birinchi kursdan boshlab klinikalar, kasalxonalar va sog'liqni saqlash muassasalarida amaliy mashg'ulot o'tadilar.

4. Sifatli professional kadrlar tayyorlash

Texnikum talabalarga yuqori malakali nazariy bilim, real amaliyot ko'nikmalari, hamshiralik va farmatsiya sohalarida chuqur tayyorgarlik taqdim etadi.

5. Shaxsiy va kasbiy taraqqiyotni qo'llab-quvvatlash

Talabalarni bilim va tajribaga asoslangan individual o'sishga undaymiz.

Qadriyatlar: Kasbiy mas'uliyat, insonparvarlik, innovatsiya va doimiy rivojlanish.

Infratuzilma va xizmatlar

Nazariy va amaliy trening xonalari (hamshiralik, terapiya, xirurgiya, pediatriya, anatomiya va boshqalar), ko'rgazmali jihozlar va tibbiy mulyajlar. Davolash muassasalari bilan shartnomalar asosida klinik amaliyot tashkil etilgan.

Xizmat ko'rsatish yo'nalishlari

Bitiruvchilar amaliy ko'nikmalar, klinik amaliyot va kasbiy sertifikatlar bilan ta'minlanadi. O'qituvchilar tarkibi har yili malaka oshirish kurslaridan o'tadi.

  • Amaliyot bazalari bilan shartnomalar
  • Raqamli kutubxona va o'quv platforma
  • Simulyatsiya laboratoriyalari
  • Karyera va bandlik markazi

Amaliyot xonalari

Texnikumda nazariy xonalar bilan birga amaliy trening xonalari tashkil etilgan bo'lib, ular ko'rgazmali jihozlar va zarur tibbiy mulyajlar bilan jihozlangan:

  • Hamshiralik ishi
  • Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi
  • Terapiya va gerontologiyada hamshiralik ishi (I va II)
  • Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi
  • Pediatriyada hamshiralik ishi
  • Anatomiya xonalari

Davolash muassasalaridagi o'quv amaliyot xonalari

  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida — 25 ta o'quv amaliy xona
  • Shu markaz «Laboratoriya» bo'limida — 2 ta amaliy xona
  • Viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazida — 3 ta o'quv amaliyot xonasi
  • Buxoro shahar tibbiyot markazida — 1 ta o'quv amaliyot xonasi

Hamkorlik va davolash muassasalari

  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali
  • Viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
  • Viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
  • RIO va RIATM Buxoro filiali
  • Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi
  • RIO va BSIATMDM Buxoro viloyat filiali
  • Viloyat endokrinologiya dispanseri
  • Sitorai Mohi Xosa sanatoriysi
  • RIRSIATMPXB Buxoro viloyati filiali (Ruhiy kasalliklar dispanseri)
  • Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun «Buxoro» sanatoriysi
  • «Mexrigiyo» med shifo tabobat davolash klinikasi
  • Osuda med klinikasi
  • RID va KIATM Buxoro hududiy filiali
  • Dilmux fizioterapiya va massaj klinikasi