Menyu
FADIL

Professional ta'lim yo'nalishlari

Texnikum quyidagi yo'nalishlar bo'yicha malakali kadrlar tayyorlaydi.

50910203

Hamshiralik ishi

O'qish muddati: 3 yil
Qabul: 11-sinfdan
Kvalifikatsiya: Umumiy amaliyot hamshirasi
Faoliyat tarmoqlari

Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha turdagi davolash-profilaktika muassasalarida, OShP (oilaviy shifokor punkti)larda, tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat va Respublika tibbiyot muassasalarida, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida, ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarda - ilmiy-tekshirish institutlari klinikalarida, markazlashgan sterilizatsiya bo'limlarida, ijtimoiy ta'minot muassasalarida, shifokor xonasida, muolaja, operatsiya, emlash va registratura xonalarida, oilaviy fizioterapiya va reabilitatsiya bo'limlarida hamshiralik ishini amalga oshiradi. Shuningdek, parhez ovqatlanish, davolovchi jismoniy tarbiya va massaj hamshirasi, tibbiyot statisti sifatida faoliyat yuritadi.

50910402

Farmatsiya

O'qish muddati: 3 yil
Qabul: 11-sinfdan
Kvalifikatsiya: Farmatsevt xodim
Faoliyat tarmoqlari

«Dori-darmon» davlat aksiyadorlik uyushmasiga qarashli hamda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar dorixonalarda ishlaydi. Tayyor dori-darmonlar, farmatsevtik mahsulotlar va tibbiy buyumlar, bemorlarni parvarishlash buyumlari, sanitariya va gigiyena vositalari sotiladigan bo'limlarda, dorivor o'simliklar va ulardan sharbatlar tayyorlanadigan dorixona bo'limlarida faoliyat yuritadi. Dorixonalarda dori tayyorlovchi sifatida ishlaydi.

30920101

Massaj terapiya

O'qish muddati: 3 yil
Qabul: 11-sinfdan
Kvalifikatsiya: Massaj terapevti
40910206

Tibbiyot brigadasi hamshirasi

O'qish muddati: 2 yil
Qabul: 11-sinfdan
Kvalifikatsiya: Patronaj hamshira, Amaliyotchi hamshira
Faoliyat tarmoqlari

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalari, shahar oilaviy poliklinikalari, reabilitatsion tibbiy muassasalar, nogironlar reabilitatsiya markazlarida patronaj tibbiyot hamshirasi sifatida faoliyat yuritadi. Markazlashgan sterilizatsiya bo'limlari, fizioterapiya bo'limlarida aholi sog'lig'ini saqlash va bemorlarga yo'naltirilgan hamshiralik ishini amalga oshiradi. Shuningdek, parhez ovqatlanish hamshirasi va tibbiyot statisti sifatida ishlashi mumkin.

40920102

Tibbiy-ijtimoiy ish

O'qish muddati: 2 yil
Qabul: 11-sinfdan
Kvalifikatsiya: Tibbiy-ijtimoiy xodim
Faoliyat tarmoqlari

Qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari, reabilitatsion tibbiy muassasalar, nogironlar reabilitatsiya markazlari, Mehribonlik va qariyalar uylari, davlat va nodavlat ijtimoiy tashkilotlarning ayollar, o'smirlar, bolalar va qariyalarga ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'limlarida ishlaydi. Respublika, shahar va tuman xotin-qizlar qo'mitalari, ijtimoiy yordam bo'limlari, xayriya va mahalla jamg'armalarida tibbiy-ijtimoiy yordam tashkilotchisi vazifasida faoliyat yuritish uchun tayyorlanadi.

50910205

Funksional diagnostika ishi

O'qish muddati: 2 yil
Qabul: 11-sinfdan
Kvalifikatsiya: Funksional diagnostika va tibbiy laboratoriya ishi mutaxassisi
50610501

Sun'iy intellekt qurilmalariga xizmat ko'rsatish

O'qish muddati: 2 yil
Qabul: 11-sinfdan
Kvalifikatsiya: Sun'iy intellekt qurilmalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha mutaxassis
Faoliyat tarmoqlari

Avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik hamda dasturiy ta'minoti sohasida ishlaydi. O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda, axborotni himoyalash bilan bog'liq idora va tashkilotlarda, vazirliklar va idoralar kompyuter hamda axborot texnologiyalari markazlarida faoliyat yuritadi. Axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarining texnik hamda dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishlaydi.

30710503

Tibbiy texnikani montaj qilish, xizmat ko'rsatish va ta'mirlash

O'qish muddati: 2 yil
Qabul: 9-sinfdan
Kvalifikatsiya: Tibbiy texnik jihozlarni yig'uvchi va sozlovchi
Faoliyat tarmoqlari

Tibbiyot apparatlarini ta'mirlashga buyurtma qabul qilish, ta'mirlangan apparatlarni sinovdan o'tkazish, texnik hujjatlar tayyorlash. Tibbiyot apparatlariga tashxis qo'yish va ta'mirlash. Zamonaviy va xorijiy tibbiyot apparatlarini ta'mirlash, o'rnatish, radiomontaj ishlarini amalga oshirish.

30720101

Laborant-analitik

O'qish muddati: 2 yil
Qabul: 9-sinfdan
Kvalifikatsiya: Laborant mikrobiolog poligrafist; Probirka tashxisi laboranti; Kimyoviy-bakteriya va spektr tashxisi laboranti; Saralovchi
41010203

Kosmetologiya

O'qish muddati: 1 yil (dual ta'lim asosida)
Qabul: 11-sinfdan
Kvalifikatsiya: Kosmetolog
Faoliyat tarmoqlari

Kosmetologik klinikalarda va go'zallik salonlarida.